Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

542025-07-07 10:11

Shirin so‘z bilan davolaymiz!

Qo‘qon shahrida kitobxon hamshira ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi. Amiriy kutubxonasida bo‘lib o‘tgan tadbirda Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasi mutasaddilari, adabiyotshunos olimlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, Davlat tili bo‘yicha mas’ul rahbarlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. 2025-yil Farg‘ona viloyatida kitobxonlik yili deb e’lon qilingan va davlatimiz rahbarining kitobxonlikni keng targ‘ib etish borasidagi tashabbuslari doirasida mehnat jamoalari, mahallalarda ham kitobxonlik tanlovlari, kitob yarmarkalari va mushoiralar o‘tkazib kelinmoqda. Iste’dodli jurnalist, el mehrini qozongan suhandon Odiljon G‘ofurjonov tomonidan olib borilgan davrada ko‘rik tanlov ishtirokchilarining chiqishlari hayat a’zolari tomonidan baholab borildi. Tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilarga Diplomlar va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz