Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

512025-07-07 09:42

Yoshlarimizning yo‘li charog‘on bo‘lsin!

Qo‘qon shahrida 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan gala-konsert va shou dastur namoyish etildi. Mamlakatimizda hattoki biznes vakillari ham ijtimoiy loyihalarda faol ishtirok etayotgani "Inson qadri uchun, inson baxti uchun" shiori ostida amalga oshirilayotgan islohotlar aholining barcha qatlamlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganidan yana bir yaqqol misoldir. Tantanali tadbirda ishtirok etgan Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan yuksak e’tibor xususida to‘xtalib o‘tib, yuzlab yoshlarni doimiy ish bilan ta’minlagan va mahalliy hom-ashyodan import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarayotgan mahalliy brend kompaniyalarini alohida e’tirof etdi. El-suygan san’atkorlar ishtirokida o‘tkazilgan konsert, lotereya va ko‘ngilochar shoular tomoshaga kelgan hamshaharlarimiz va ayniqsa yoshlarga bayramona ko‘tarinki kayfiyat bahshida etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz