Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:
Bu yerda olingan bilimlar, ta’lim bergan o‘qituchilar endi yoshlarning qalbida, onggida, egallagan ko‘nikmalarida mangu yashaydi. Yangi o‘quv yilidan esa o‘quvchilar investitsiya dasturi doirasida mukammal ta’mirlangan maktabda tahsil oladi. Bugun maktabni tark etayotgan yoshlarning aksariyati esa endi oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettiradi. Ularning to‘rt nafari muddatidan avval oliy ta’lim muassasasiga qabul qilinib bo‘lgan. Umuman olganda maktabdagi ta’lim samaradorligi natijasi ularoq yetti nafar o‘quvchilar xorijiy tillar bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan, ikki nafar maktab o‘quvchilari esa sport sohasida yuksak natijalarga erishgan. Tantanali marosimda bu yutuqlar, erishayotgan natijalarimiz mamlakatimizda davlatimiz rahbari rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlar, Yangi O‘zbekiston maktabi va Yangi O‘zbekiston yoshlarini tarbiyalashga qaratilgan keng ko‘lamli kompleks tadbirlar natijasi ekani alohida e’tirof etildi. Bitiruvchi yoshlarga esa Prezidentimizning tabrigi o‘qib eshttirildi. Bugun yangi xayotgan qadam quyayetgan yoshlar Vatanimiz mustaqilligi, el-yurt manfaatlarini himoya qila oladigan yetuk kadrlar, ongli va olijanob insonlar bo‘lib, xalqimizga sidqidildan xizmat qilishlariga ishonch bildirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Qo‘qon shahar hokimi Xitoy sarmoyadorlari bilan muzokaralar olib bordi
“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qiladi”
Qo‘qon shahridagi 6-maktabda bitiruv kechasi o‘tkazildi