Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:
Jamiyatda xotin-qizlar faolligini oshirish, mahallada xotin-qizlar bilan ishlaydigan mutaxassislarning turli yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ushbu bilimlar asosida mehnat samaradorligini oshirish maqsadida o‘tkazilayotgan seminarlarda Qo‘qon shahri, Dang‘ara, O‘zbekiston, Uchkuprik, Buvayda, Beshariq va Furqat tumanlari xotin-qizlar faollari ishtirok etmoqdalar. Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi Oila va gender ilmiy tadqiqot instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilayotgan seminarlarda gender tengligi, xotin-qizlar o‘rtasida jinotchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini riojlantirish, oilaviy ajrimlarning oldini olish kabi masalalarda amaliy ko‘nikmalar berilmoqda. Oila va gender ilmiy tadqiqot instituti tomonidan mahallalarda aholi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalar asosida shakllantirilgan seminar treninglar o‘quv dasturi 36 soatga mo‘ljallangan va 7 kun davomida barcha ishtirokchilar darslarda onlayn va oila va xotin-qizlar platformasi yordamida onlayn tarzda bilim va ko‘nikmalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!