Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:
9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshloq tumanida Vatan himoyasida halok bo‘lgan mard o‘g‘lonlarning beqiyos jasorati va xotirasini yod etish maqsadida “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimligi vakillari, faxriylar, harbiylar, ta’lim muassasalari o‘quvchilari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi. Unga yig‘ilganlar Vatanga sadoqat va jasorat namunasini ko‘rsatgan qahramonlar xotirasi oldida sukunat ila bosh egdilar. Marosimda so‘zga chiqqanlar tinch va farovon hayotimizni ta’minlagan, yurtimiz osmonini musaffo saqlashga hissa qo‘shgan qahramonlar xotirasini abadiy saqlash har bir yurt farzandining muqaddas burchi ekanini ta’kidlab o‘tdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Guliston mahalla fuqarolar yig'ini aholisi bilan uchrashuv o'tkazildi
Respublika ichki ishlar vazirligi ashula va raqs ansambli So'x tumanida
Navbatdagi fuqarolar qabuli o'tkazildi