Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:
Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida mamlakatimizda keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Shu maqsadda, "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda. Shuningdek, joriy yilning may oyida Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi kubogi uchun voleybol bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Ushbu musobaqada tuman hududidagi turli tashkilot va muassasalardan jamoalar ishtirok etib, o‘z mahoratlarini namoyon etdilar. Musobaqa sport ruhida, yuksak kayfiyatda o‘tdi. Unda ishtirokchilar o‘rtasida do‘stona munosabatlar mustahkamlanib, jamoaviy hamjihatlik yanada kuchaydi. Gʻolib va faol ishtirokchilarga Ichki ishlar organlari tomonidan diplom, esdalik sovg‘alari va kuboklar topshirildi. Bunday tadbirlar yoshlarni jismoniy va ma’naviy tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishi bilan birga, jamoalar o‘rtasida sog‘lom raqobatni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Guliston mahalla fuqarolar yig'ini aholisi bilan uchrashuv o'tkazildi
Respublika ichki ishlar vazirligi ashula va raqs ansambli So'x tumanida
Navbatdagi fuqarolar qabuli o'tkazildi