Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:
Kitobxonlik haftaligi doirasida Buvayda tumanidagi Pedagogika kolleji o‘quvchilari Axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurishdi. Sayohat davomida o‘quvchilarga kutubxona fondiga yangi kelib tushgan badiiy adabiyotlar tanishtirildi va ularni mutolaa qilish tavsiya etildi. Tadbir doirasida o‘quvchilar bilan Buvayda tuman kengashi mas’ul xodimi B.Mamajonov ishtirokida milliy qadriyatlar, kitobxonlik madaniyati va yoshlarning ma’naviy kamolotida kitobning o‘rni haqida ochiq suhbat o‘tkazildi. Mazkur tashrif o‘quvchilarda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirib, ularning kitobxonlik faoliyatini rag‘batlantirishga xizmat qildi. #Kitobxonlik_haftaligi2025 #Sayohat
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
So'x tumani Kadastr agentligi xodimi xalqaro sertifikat bilan taqdirlandi
Guliston mahalla fuqarolar yig'ini aholisi bilan uchrashuv o'tkazildi
Respublika ichki ishlar vazirligi ashula va raqs ansambli So'x tumanida
Navbatdagi fuqarolar qabuli o'tkazildi