Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

342025-04-22 19:20

Tuman hokimi Baxodirjon Xoliqov turk ishbilarmonlaridan iborat delegatsiya vakillari bilan uchrashdi

Bugun Turkiyalik ishbilarmonlar guruhi Fargʼona viloyati Rishton tumani hokimi Bahodir Xoliqov bilan uchrashib, oʼzaro hamkorlik yoʼnalishlarini muhokama qilishdi. Ushbu uchrashuv doirasida ikki tomonlama manfaatli boʼlgan bir qator loyihalarni amalga oshirish borasida muzokaralar oʼtkazildi. Ishbilarmonlar, jumladan Nejla Chaqir, Belgin Tanriverdi va Samet Turk Fargʼona shahri hamda Rishton tumanida yuqori texnologiyalar asosida qimmatbaho metallarga ishlov berish sohasidagi investitsion loyihalarni amalga oshirish niyatida ekanliklarini bildirishdi. Shuningdek, uchrashuvda TIKA agentligi bilan hamkorlikda "Sohibi Hidoya" majmuasini barpo etish yuzasidan fikr almashildi. Turkiyalik mehmonlar Rishton tumanidagi iliq qabul va mehmonnavozlik uchun hokim Bahodir Xoliqovga samimiy minnatdorliklarini izhor etishdi. Muzokaralar yakunida tomonlar kelgusidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash boʼyicha kelishuvlarga erishdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz