Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

442025-04-21 14:51

Rishtonda “O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida “Kitobxonlik haftaligi” boshlandi

Bugun Rishton tumani axborot-kutubxona markazida V Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. “O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida o‘tayotgan mazkur haftalik ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada boyitish, kitob o‘qish madaniyatini keng jamoatchilik orasida targ‘ib qilishga qaratilgan. Ochilish tadbirida yozuvchi va ijodkorlar, adabiyot ixlosmandlari, faol kitobxonlar hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi. Tuman hokimi o‘rinbosari Zarifjon Umarov nutq so‘zlab, “Kitobxonlik haftaligi” an’anaviy ravishda o‘tkazib kelinayotgan muhim ma’naviy tadbirlardan biri ekanini ta’kidladi. Shuningdek, u kitob o‘qish orqali yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularni bilimli va zehniy yetuk shaxslar qilib tarbiyalashda bunday tashabbuslarning o‘rni beqiyos ekanini alohida qayd etdi. Haftalik doirasida turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar — yozuvchi va shoirlar bilan adabiy uchrashuvlar, davra suhbatlari, mahorat darslari, kitob taqdimotlari, kitob yarmarkalari, ko‘rgazmalar hamda kitobxonlikni targ‘ib etuvchi aksiyalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joiz, “Kitobxonlik haftaligi” joriy yilning 27 apreliga qadar davom etadi va u tuman aholisi, ayniqsa, yoshlar orasida kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz