Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:
Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularni munosib kasb egallashga yoʻnaltirish va bandligini ta'minlash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylangan. Shu maqsadda, Rishton tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Rishton tumani Madaniyat markazida “Yoshlar orasida kasbga yoʻnalish berish va bandligini ta'minlash: Davlat dasturlari va tashabbuslar” mavzusida oʻtkazilgan uchrashuvda tuman hokimi Bahodirjon Xoliqov, “Aloqabank” va “Milliy bank” vakillari, Fargʻona universiteti ustoz-murabbiylari, yoshlar etakchilari hamda oliy ta'lim muassasalarini bitirayotgan yoshlar ishtirok etdi. Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 fevraldagi PQ-61-sonli qarori ijrosi doirasida tashkil etildi. Mazkur qarorga muvofiq, yoshlarni mehnat bozoriga tayyorlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish va bandligini ta'minlash maqsadida keng qamrovli chora-tadbirlar belgilangan. Uchrashuv davomida yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot olib borildi. Yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, shaxsiy tashabbus va gʻoyalarini bildirdilar. Mutasaddi tashkilotlar tomonidan kasbga yoʻnaltirish, imtiyozli kreditlar, yoshlar bandligi va davlat dasturlari haqida batafsil ma'lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, iqtidorli bitiruvchilar bilan individual suhbatlar oʻtkazilib, ularning kasbiy maqsadlarini amalga oshirishda amaliy koʻmak berish masalalari koʻrib chiqildi. Bu kabi uchrashuvlar yoshlarning hayotda oʻz oʻrnini topishi, toʻgʻri kasb tanlashi va oʻz ustida muntazam ishlashi uchun muhim maydon boʻlib xizmat qilmoqda. Rishtondagi “Hokim va yoshlar” muloqoti ham yoshlar hayotida yangi bosqichga yoʻl ochib, ularni kelajak sari ilhomlantirdi. Rishton tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!