Sat. Apr 27th, 2024

Bugungi qabulda 20 nafar fuqarolarning qurilish, kommunal muammolar, kadastr xujjatlarini rasmiylashtirish va moliyaviy yordam ko‘rsatish borasidagi murojaatlari ko‘rib chiqildi va ijobiy xal etildi.

Xususan, Raxmonova Feruzaxonning uy-joy bilan ta’minlash borasidagi murojaati ko‘rib chiqilib, shahar Uy-joy komissiyasiga o‘rganish uchun yo‘naltirildi.

Nuriddinova Muqaddasxonga, og‘ir oilaviy sharoitini inobatga olgan xolda, moliyaviy yordam ko‘rsatiladigan bo‘ldi. Fuqaro Nosirov Ilhomjonning murojaati yuzasidan shahar kadastr bo‘limi mutasaddilari tushuntirish berdilar.

Barcha fuqarolarning murojaatlari shahar hokimi tomonidan atroflicha o‘rganib chiqilib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish va boshqa masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlar berildi.