Tue. May 14th, 2024

Uchrashuvda tadbirkorlarga Prezidentimiz tomonidan shu yilning 24 oktyabrida qabul qilingan «Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida  amalga  oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorning mazmun mohiyati tushuntirib berildi.

Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida AT Xalq banki, “Mikrokreditbank” ATB va Agrobank” ATB vakillari, ijtimoiy dasturlar doirasida, 2020 yilda aholiga imtiyozli kreditlar ajratish borasidagi rejalari bilan o‘rtoqlashdilar. Kreditlarni rasmiylashtirish va to‘g‘ri yo‘naltirish borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Qo‘qon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari – Oybek Mamajonov moderatorligida o‘tgan yig‘ilishda tadbirkorlarni mavzu yuzasidan berilgan barcha savollariga javob berildi.