Mon. May 13th, 2024

Fuqarolar yig‘inlarida aholi turmush sifatini yaxshilash, mahallalarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni rag‘batlantirish, ilg‘or tajriabalarni ommalashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan “Obod mahalla”, “Obod ko‘cha”, “Fayzli xonadon” Respublika ko‘rik tanlovining viloyat bosqichida shahrimizning 51- Zilol mahallasi raisi Muniraxon Botirova “Obod mahalla” yo‘nalishi bo‘yicha, 60-Usta bozor mahallasi raisi Abdulla Jalilov “Obod ko‘cha” yo‘nalishlari bo‘yicha viloyatda faxrli birinchi o‘rinni egallab, Respublika bosqichiga yo‘llanma oldilar.

Shahar hokimi Ma’rufjon Usmonov sovrindorlarni yuqori natijalar bilan muborakbod etib, qimmatbaxo esdalik sovg‘alarini topshirdi.