Sun. Apr 28th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida 16, 17, 18-mart kunlari Navro‘z bayrami arafasida o‘tkaziladigan hasharda shahrimizda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan vazifalar belgilab berdi.

“Mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, idora va tashkilotlar hududlari, istirohat bog‘lari, ziyoratgohlar va qabristonlarni obod etishda har birimiz faollik bilan ishtirok etishimiz lozim”, dedi, shu jumaladan Marufjon Usmonov.

Mas’ullarga hashar kunlari aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga yordam ko‘rsatish, saxovat tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha ham vazifalar belgilab berildi.