Mon. May 13th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov O‘rda maydonida “Yashil makon” loyihasi doirasida ekilgan o‘simliklarni ko‘zdan kechirib, mutasaddilarga vazifalar belgilab berdi. Ayni paytda maydonda shifobahsh lavanda ko‘chatlarini ekish ishlari davom etmoqda. Bugun bu yerga yana 200 dan ziyod yangi ko‘chatlar keltirildi.