Mon. May 13th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov “Inson” ijtimoiy ximatlar markazi, Pensiya jamg‘armasi va mahalla tizimi mutasaddilari bilan “Uzumzor” mahallasida istiqomat qiladigan nogironligi bo‘lgan fuqarodan xabar oldi.

Oq yo‘l ko‘chasi, 139-uyda istiqomat qiladigan Mamatqulov Zafarjonga ijtimoiy yordam to‘plamlari yetkazilib, mavjud muammo-masalalari o‘rganildi.

Hususan, mas’ullarga fuqaroni nogironlik nafaqasiga chiqarish imkoniyatlarini o‘rganish, doimiy daromad manbai bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.