Mon. May 13th, 2024

3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham ishtirok etdi.

Shahar hokimi Prezidentimizning 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan murojaatini o‘qib eshittirib, barcha ishtirokchilarga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik va oilaviy baxt tiladi.

Tadbirda bir necha imkoniyati cheklangan fuqarolarga nogironlik aravachalari topshirildi.

Marufjon Usmonov Qo‘qondagi Prezident Xalq qabulxonasi mudiri, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari hamrohligida bayramona dasturxon atrofida to‘plangan tadbir mehmonlari bilan muloqot qilib, sovg‘a-salomlar tuhfa etdi.

Mamlakatimiz va xalqaro maydonda o‘tkazilgan bir qator paralimpiya musobaqalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlarga shahar hokimining Tashakkurnomalari va qimmatbaho sovg‘alari tuhfa etildi.