Mon. May 13th, 2024

Vazirlar Mahkamasining “Mahallalarda infratuzilmani yaxshilash orqali aholiga qulay sharoitlar yaratish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Qo‘qon shahridagi “Nurafshon” mahallasida 1500 metr oqava tarmoqlari tortish uchun 750 million so‘m ajratilgan edi.

Ayni paytda Dang‘ara va Mirishkor ko‘chalarida oqava quvurlari tortilib, ularni yer ostiga ko‘mish ishlari nihoyasiga yetkazilmoqda.