Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Sun. Dec 8th, 2024

Inson tug‘ilganidan boshlab unga tegishli bo‘lgan tabiiy va ajralmas huquqlar sirasiga inson hayoti, sha’ni, qadr-qimmati, ozodligi, tengligi, erkin bo‘lishi, xavfsizligi, daxlsizligi kabilar kiradi va bu huquqlar qonunlarda belgilanganligi yoki belgilanmaganidan qat’iy nazar insonga azaliy tegishlidir, deb e’tirof etiladi.

Yangi tahrirdagi Konstitusiyaning 19-moddasida mustahkamlanganidek, O‘zbekiston Respublikasida insonning huquq va erkinliklari xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalariga binoan hamda ushbu Konstitusiyaga muvofiq e’tirof etiladi va kafolatlanadi. Inson huquq va erkinliklari har kimga tug‘ilganidan boshlab tegishli bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar.

Imtiyozlar faqat qonunga muvofiq belgilanadi va ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart.

Click to listen highlighted text!