Tue. May 14th, 2024


Prezidentimizning “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 25-“Qipchoqariq” mahalla maskani binosini qayta qurish uchun 400 million so‘mga yaqin mablag‘ ajratilgan.

Qo‘qon hokimi, pudratchilar ishtirokida, mahalla maskani barpo etiladgan joyni ko‘zdan kechirib, qurilish ishlarini jadallashtirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Marufjon Usmonov mahalla aholisi bilan muloqot qilib, qurilishga mablag‘ ajratilishiga sabab bo‘lgan Prezident qarori mazmun-mohiyati hamda open byudjet tizimi imkoniyatlari xususida ma’lumot berdi.