Mon. May 13th, 2024

Tantanali ochilish marosimida Qo‘qon shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Alisherjon Meliqo‘ziyev, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Alisher Meliqo‘ziyev barchani “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash” yilida foydalanishga topshirilgan yang o‘quv markazi bilan samimiy qutlab, ushbu markaz atrof-hududlardagi yoshlarning tillarga va chuqurlashtirilgan bilimlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishiga ishonch bildirdi.

Bir necha yil Koreyaning “Inxa” universitetida ta’lim olib kelgan Abbosxon Axadov o‘z salohiyatini ona shahridagi yangi o‘quv markazida namoyon etishga qaror qildi.

Ingliz, rus, koreys tillarini chuqurlashtirilgan tartibda o‘rgatish, informasion texnologiyalar va onlayn-treyding asoslari ushbu o‘quv markazining asosiy yo‘nalishlaridan bo‘ladi.

O‘quv markazida shuningdek IELTS imtihonlariga tayyorlash, nufuzli xorijiy o‘quv muassasalariga o‘qishga kirish yuzasidan konsalting xizmatlari ham ko‘rsatiladi.