Ayni paytda Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turgan Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov shahrimizga yangi loyihalar bo‘yicha xorijiy sarmoyalar jalb etish bo‘yicha mahalliy tadbirkorlar bilan muzokaralar olib bormoqda.
Hususan bir necha daqiqa avval Marufjon Usmonov shahrimizda elektromobillar uchun elektr quvvatlash shahobchalarini barpo etish, maishiy texnika ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish hamda ko‘pqavatli uylar qurilishiri nazarda tutadigan memorandumga imzo chekdi.
Maishiy texnika ishlab chiqarish zavodi Qo‘qon Erkin Iqtisodiy Zonasida barpo etilishi nazarda tutilgan bo‘lsa elektromobillarni elektr quvvatlash uskunalari va ko‘p qavatli uylar Qo‘qon shahri hududida barpo etiladi.
Amaliy tashrif doirasida yana bir necha tadbirkorlar bilan muzokaralar bo‘lib o‘tadi.