Sun. May 12th, 2024

Tantanali ochilish marosimida 1-sektor rahbari, Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham ishtirok etib, yangi ta’lim muassasasmning ishga tushirilishi Muhtaram Yurtboshimizning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomalarida maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish, aholining maktabgacha ta’lim muassasalari bilan qamrovni kengaytirish borasida belgilab bergan vazifalar ijrosining amaldagi ifodasi bo‘lganini ta’kidlab o‘tdi.

Qo’qon shahridagi 47-“Rayxon” mahallasi hududida barpo etilgan “Marokesh Bebi” bog‘chasi 300 o‘ringa mo‘ljallangan. Zamonaviy ko‘rinishda barpo etilgan va barcha zarur anjomlar bilan jixozlangan bog‘cha bolalarga xalqaro ta’lim standartlari asosida ta’lim beradi.