Muammolarni muzokaralar davomida bartaraf etish, yoshlar yetakchilari xonalarini jihozlash uslubi Qo‘qon shahrida mehmon bo‘lgan Andijonlik mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ittifoqi Andijon viloyati hamda Andijon shahri Kengashi vakillari Qo‘qon shahriga tashrifi chog‘ida yoshlar bilan samarali ishlash uslublari yuzasidan fikr almashdilar.
Yoshlar ittifoqi Qo‘qon shahar Kengashi a’zolari mehmonlarni shahrimizning boy madaniyati va tarixi bilan tanishtirish bilan bir qatorda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida olib borilayotgan ishlar xususida ma’lumot berdilar.
Hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir natijasida yoshlar yetakchilari uchrashuv har ikkala tomon uchun ham foydali va samarali bo‘lganini qayd etdilar.