Sat. Apr 27th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov 11-15 iyul’ kunlari O‘rda maydonida o‘tkaziladigan “Turkiy tilli yoshlar” xalqaro festivaliga tayyorgarlik ko‘rish, maydon hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, jamoat xavfsizlligini ta’minlash va boshqa bir qator masalalar bo‘yicha vazifalar belgilab berdi.

Prezidentimizning “Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Xalqaro Turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY, Madaniyat va turizm vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etilayotgan nufuzli xalqaro festival’ doirasida bir qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Fotomuhbir: Ikromjon Xodjanazarov