Sat. Apr 27th, 2024

Farg‘ona viloyati hokimining qurilish, kommunikasiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Xojiqo‘zijon Isaqov boshchiligida masofadan o‘tkazilgan yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasining “Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi qaroriga asosan joriy etilgan Business-indicator indeksi ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib viloyatimiz, shahar va tumanlarda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, tadbirkorlar murojaatlari bilan tizimli ishlash, davlat idoralarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash va boshqa barcha yo‘nalishlar bo‘yicha vazifalar belgilab berdi.