Mon. May 13th, 2024

Tantanali tadbirda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, sektorlar rahbarlari soha egalarini muborakbod etib, samimiy tilaklarini bildirdilar.

Marufjon Usmonov so‘nggi yillarda mamlakatimiz va shahrimizda tibbiyot sohasida amalga oshirilgan ulkan islohotlar, davlat va hususiy sektorda barpo etilgan zamonaviy tibbiyot muassasalari, keltirilgan eng zamonaviy uskunalar, tibbiyot hodimlarining kun sayin yuksalib borayotgan professional tayyorgarligi xususida to‘xtalib o‘tdi.

Aholi salomatligini ishonchli muhofaza qilish borasidagi samarali mehnati, zamonaviy davolash usullarini amaliyotga keng tatbiq etish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissasi uchun shahrimizda faoliyat yuritib kelayotgan bir qator soha vakillari va faxriylar Qo‘qon shahar hokimligining Tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar.