Sun. May 12th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov 37-davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabida isitish tizimini nazoratdan o‘tkazib, o‘quvchilar bilan muloqot qildi.

Ma’lumot uchun: 37-maktabda investitsiya dasturi doirasida yangi o‘quv binosi va sport zal barpo etildi.

Marufjon Usmonov o‘quvchilarning kasb-hunarlarga bo‘lgan qiziqishlarini o‘rganib, uzluksiz ta’lim olishga, maqsad sari intilishga va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga chaqirdi.

Shahar hokimi mavjud muammo-masalalarni ham o‘rganib, mutasaddilarga foydalanilmayotgan bino o‘rnida sport maydoni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.