Tue. May 14th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, sektorlar rahbarlari, ta’lim va mahalla tizimi mutasaddilari, ichki ishlar idoralari xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda yoshlarning ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga ota-onalar va mahallani ham jalb etish, yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, informasion texnologiyalar va xorijiy tillarga o‘qitish, kitobxonlikni keng targ‘ib etish yuzasidan vazifalar belgilab berdi.

“Yoshlarni bilim olishga qiziqtira olmagan pedagoglar, maktablarda ta’lim jarayonini qoniqarli darajada tashkil eta olmagan direktorlar o‘z vazifasidan ozod etiladi”, dedi Marufjon Usmonov.

Qo‘qon shahar hokimi yoshlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kasb-hunarlarga o‘qitish, oliy ta’lim muassasalariga tayyorlash kabi boshqa masalalarga ham alohida to‘xtalib o‘tdi.