Wed. May 15th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi 20-maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim tizimi mutasaddilari bilan muloqot qilib, Xitoy Xalq Respublikasiga qilgan xizmat safari davomida o‘rgangan ilg‘or ta’lim tajribalari haqida so‘zlab berdi.

“Xitoylik hamkorlar bilan muloqotlarimiz chog‘ida ular uchun eng muhim mavzu farzandlar tarbiyasi ekaniga e’tibor berdim”, dedi, shu jumaladan shahar hokimi. Ta’lim tizimida xizmat qiladigan mutaxassislar o‘rtasida mavjud yuqori raqobat, pedagoglarni tinimisiz o‘zini ustida ishlashga, malakasini oshirib borishga xizmat qilmoqda.

Marufjon Usmonov shahrimiz ta’lim tizimida ham ilg‘or tajribalarni joriy etish, pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, yoshlarni bog‘cha yoshidan zaruriy ko‘nikmalarga o‘rgatib borish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

“Shahar hukumati ta’lim bilan bog‘liq har qanday innovatsiyalar, ilg‘or tajribalarni qo‘llash, o‘qituvchilarni malakasini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi va harajatlarini qoplab beradi”, dedi Marufjon Usmonov.