Tue. May 14th, 2024

“Salomatlik plyus ekologiya” NNT tomonidan amalga oshirilayotgan loyihaning asosiy maqsadi 2000 ta o‘smir qizlarni va 500 ta homilador ayollarni gigiyena va tibbiy iste’mol madaniyatiga, to‘g‘ri ovqatlanishga o‘qitish va ularni vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, tibbiy bilimlarini oshirib, ular o‘rtasida kasalliklarni kamaytirish, bexatar onalikka erishishlarida ko‘maklashish.

Loyiha doirasida stasionar UTT, 3D , 4D apparati 3 ta portativ UZI apparati, Tug‘ruq kompleksi uchun 2 ta chaqaloqlar IVL va SYEPAP apparatlari o‘rnatildi.

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, sog‘liqni saqlash tizimi mutasaddilari, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida Tibbiyot birlashmasiga qarashli O‘smirlar dispanserida tashkil etilgan markazning tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.

Shahar hokimi mamlakatimizda oila va jamiyatda reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, jismonan va ma’nan barkamol avlodni tarbiyalash, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatishga qaratilayotgan e’tibor xususida to‘xtalib o‘tib, yangi markaz shahrimiz aholisining reproduktiv salomatligini yana-da yaxshilashga katta hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi.

Marufjon Usmonov mutasaddilar ishtirokida Reproduktiv salomatlik markazi uchun jixozlangan xonalarni ko‘zdan kechirib, mutaxassislar bilan muloqotda bo‘ldi.

Ma’lumot uchun: O‘smirlar dispanseri joylashgan 10-oilaviy poliklinika binosida kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarlik doirasida, davlat xususiy sherikchilik asosida, issiqlik tizimida modernizatsiya ishlari amalga oshirilib, bino mavsumga shay holatga keltirildi.