Qo‘qon shahar hokimligi xodimlari, mas’ul idora, tashkilotlar rahbarlari uchun o‘tkazilgan ma’naviyat soatida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning mazmun mohiyati, davlat idoralarining fuqarolarga xizmat qilish prinsipi xususida ma’lumot berib, fuqarolar murojaatlari bilan samarali ishlash yuzasidan vazifalar belgilab berdi.