Tue. May 14th, 2024

“Sherdor” tantanalar saroyida 54-“Shirin” mahallasi raisi Akmaljon Qobulovning tashabbusi bilan Tursunov Sardorjon va Asilaxonning nikoh to‘lari o‘tkazib berildi. Yosh kelin-kuyovning jajji mahalladoshlari Muhammadjon Eminovning esa sunnat to‘yi o‘tkazildi.

Shodiyona egalarining yaqinlari, mahalla faollari qatorida tantanada Qo‘qon shahar hokimining o‘rinbosarlari, Prezident Xalq qabulxonasi, sektorlar rahbarlari va boshqa mutasaddilar ham ishtirok etdilar. Ular barchani Navro‘z ayyomi va qo‘shaloq to‘ylar bilan muborakbod etib, kelin-kuyov va to‘y bolaga esdalik sovg‘alarini topshirdilar.

“Shirin” mahallasida ko‘p yillar davomida fidokorona mehnat qilgan Lolaxon Rahmonova nafaqaga kuzatilib, mahalla raisining Tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.