Xususan, 28-“Achiqko‘l” mahallasida ham bayramona dasturxon yozilib, yoshu-qari fuqarolar taklif etildi. Milliy kuy-qo‘shiqlar sadolari ostida hamshaharlarimiz mahalla faollari tomonidan kutib olindilar.
Mahalladagi ehtiyojmandlar, yolg‘iz qariyalar va ijtimoiy muhofazaga muxtoj fuqarolardan xabar olinib, bayram nasibasi yetkazildi.