Xususan, 5-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida atrof-hududlardagi mahallalarda istiqomat qiladigan xotin-qizlar ishtirokida “Ezgulik – shiorimiz – Ma’rifat qurolimiz” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Targ‘ibot tadbirida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Xamidjon Toshpo‘latov, taniqli shoir Dilshod Rajabov, “Nihol” mukofoti sovrindori, taniqli xonanda Aziz Rajabiy “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Shaxlo Axrorova, Qo‘qon shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Nigoraxon Ergashevalar ishtirok etdilar.
Jamiyatimiz negizi bo‘lgan oila, oilaviy munosabatlar, milliy qadriyatlar va urf-odatlar, ta’lim-tarbiya masalalari bilan bog‘liq g‘oyalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri hayotiy misollar asosida va badiiy uslublarda, she’r, kuy, qo‘shiq va raqslar yordamida yetkazildi.
Tadbir so‘nggida targ‘ibotchilar guruhi a’zolari yaxshi niyatlar bilan “Yashil makon” loyihasi doirasida mevali daraxtlar ko‘chatlarini ekib, ekologik muhitni yaxshilash va tabiatni asrash kabi e’zgu ishlarga ham o‘z hissalarini qo‘shdilar.