Sun. Apr 28th, 2024

Qo‘qon shahrida “Namunali soliq to‘lovchi mahallalar” chellendji doirasida mahallalarda yer va mulk solig‘i, kommunal idoralardan bo‘lgan qarzdorliklarni bartaraf etish bo‘yicha “xonadonbay” targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

Asosan ko‘p qavatli uylardan tashkil topgan mahallalarda aholining debitorlik qarzdorligi haqilagi ma’lumotnomalar kirish yo‘laklariga joylashtirilmoqda. Fuqarolar ushbu ma’lumotlar asosida qarzdorliklarini bartaraf etib kelmoqdalar.

Asosiysi aholining keng qatlamlari, barcha millat vakillari o‘rtasida soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash madaniyati shakllanib bormoqda.

Olib borilayotgan targ‘ibot ishlari natijasida Qo‘qon davlat soliq inspeksiyasidagi jismoniy shaxslardan to‘lovlarni qabul qilish kassasi har qachongilan ham solqilarni to‘lash uchun kelgan fuqarolar bilan gavjum.

Ayni paytda “Qaymoqli guzar” mahallasi yer va mulk solig‘ini to‘liq bartaraf etib, “Namunali soliq to‘lovchi mahallalar chellendji” peshqadamlik qilmoqda. So‘nggi 10 kun davomida “Temiryo‘lchi” mahallasi fuqarolari 45 million, “Alisher Navoiy” 35 million, “Noib ko‘prigi” aholisi 32 million so‘m qarzdorligini to‘lab qo‘ygan.