Sat. Apr 27th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, Qo‘qon davlat soliq inspeksiyasi rahbari Qobiljon Abdullayevlar mahalla tizimi mutasaddilariga aholining ijtimoiy muammolarini o‘rganish va hal etish, fuqarolar o‘rtasida yer va mulk solig‘i, kommunal idoralardan bo‘lgan qarzdorligini o‘z vaqtida to‘lab borish, debitorlik qarzdorligini bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berdilar.

✈️ Ayni paytda “Qaymoqli guzar” mahallasi yer va mulk solig‘ini to‘liq bartaraf etib, “Namunali soliq to‘lovchi mahallalar chellendjida” peshqadamlik qilmoqda, ikkinchi o‘rindagi “Galaboqqollik” mahallasida 18 million so‘m qarzdorlik qolgan, “Qalandarxona” mahallasida esa 30 million so‘m.

❓ Eng katta qarzdorlik “Rayxon” mahallasida 745 million, “Qudug‘lik” mahallasida 647 million “Muqimiy” mahallasida 543 million so‘m.

☄️ So‘nggi 10 kun davomida “Temiryo‘lchi” mahallasi fuqarolari 45 million, “Alisher Navoiy” 35 million, “Noib ko‘prigi” aholisi 32 million so‘m qarzdorligini to‘lab qo‘ygan.