Tue. May 14th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov xotin-qizlar faollari tomonidan mahallalarda o‘tkazilgan hatlovlar natijasida aniqlangan ijtimoiy moslashuv vositalariga muhtoj ayol-qizlarga nogironlik aravachalari va eshitish uskunlarini topshirdi.

Prezidentimizning Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Farmoniga asosan xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollar bilan yakka tartibda hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlarni olib borish, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish belgilangan.

14 ta nogironlik aravachalari va 11 ta eshitish uskunalari endilikda nogironligi va nuqsoni bor ayol-qizlarni ijtimoiy moslashuvini yaxshilashga xizmat qiladi. Davlatimiz rahbarini yod etib qo‘llarini duoga ochgan onaxonlar samimiy minnatdorchiliklarini izxor etdilar.