Tue. May 14th, 2024

Qo‘qon shahrida davlatimiz rahbarining “Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti: o‘zaro bog‘liqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik” sarlavhali maqolasi muhokama etilmoqda.

 

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov korxona-tashkilotlar, idoralar rahbarlari, mahalla tizimi mutasaddilari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida o‘tkazilgan muhokamada Prezidentimiz tomonidan davlatlar o‘rtasida har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘ycha olg‘a surilgan tashabbuslar, Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari va mintaqamizda global muammolarni hal etish bo‘yicha bildirilgan takliflar xususida to‘xtalib o‘tdi.

 

Shahar hokimi so‘nggi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan pragmatik, tinchlikparvar tashqi siyosat natijasida qo‘shni mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli munosabatlar rivojlanib borayotgani, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzi tobora yuksalib borayotganini ta’kidlab o‘tdi.