Tue. May 14th, 2024

1-sektor rahbari, Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov tomonidan 3-“Tolzor” mahallasida o‘tkazilgan yoshlar qabulida 25 nafar yoshlarning murojaatlari ko‘rib chiqildi.

 

Xususan, Javoxirjon Fazliddinovning trenerlik faoliyatini amalga oshirish uchun sport zal ajratish borasidagi, Mamadjonova Mavludaxonning ishga joylashtirish masalasidagi, Umidjon Xatamovning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish va kredit qoldig‘ini tugatishda yordam ko‘rsatish borasidagi murojaatlari ijobiy hal etildi.

 

Qabulda jami 25 nafar yoshlarning muammolari ko‘rib chiqilib, 15 tasi joyida hal etildi, 10 murojaat bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.