Sun. Apr 28th, 2024

Qo‘qon shahridagi mahallalar o‘rtasida Jismoniy tarbiya va sport bo‘limi hamda shahar IIO FMB hamkorligida o‘tkazilgan musobaqalarda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 300 ga yaqin yoshlar ishtirok etdilar.

 

27 ta jamoa o‘rtasida o‘tkazilgan bellashuvlarda birinchi o‘rin “Oq-oltin” mahallasi jamoasiga nasib etdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni “Amir Temur” va “Mustaqillik” mahallalari jamoalari egalladilar.

 

Musobaqada sovrinli o‘rinlarni egallagan jamoalarga shahar IIO FMB boshlig‘i, polkovnik Farxodjon Hasanov medallar va esdalik sovg‘alarini topshirdi.