Tue. May 14th, 2024

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Qo‘qon shahar shoshilinch tibbiy yordam markaziga zamonaviy reanomobil avtomashinasini tuhfa etdi.

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, viloyat va shahar sektorlari rahbarlari, tibbiyot sohasi mutasaddilari, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida viloyat hokimi Fiat reanomobilini tantanali ravishda topshirdi.

“Mamlakatimizda davlatimiz rahbari boshchiligida tibbiyot sohasida olib borilayotgan islohotlar Farg‘ona viloyati va Qo‘qon shahrida tibbiyot muassasalarini eng zamonaviy tibbiy texnika va transport vositalari bilan ta’minlashga imkon berdi”, dedi, shu jumladan, Xayrullo Bozorov.