Tue. May 14th, 2024

Qo‘qon shahar 2-BO‘SM da tashkil etilgan musobaqalarning ochilish marosimida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham ishtirok etib, musobaqa ishtirokchilariga muvaffaqiyat tiladi. Ochilish marosimida viloyat hokimligi hamda Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi vakillari ham ishtirok etdilar.

2 kun davom etadigan musobaqalarda viloyatimizning 300 nafar yoshlari o‘zaro bellashadilar. G‘oliblar O‘zbekiston birinchiligi musobaqalariga yo‘llanma oladilar.