Mon. May 20th, 2024

Buyuk allomalar muzeyida Qo‘qon shahar hokimligi, Farg‘ona viloyati Yozuvchilar uyushmasi hamda Qo‘qon Davlat pedagogika instituti hamkorligida akademik Aziz Qayumov tavalludining 95 yilligiga va professor Laziz Qayumovning 90 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbek adabiyotshunosligining dolzarb masalalari: Muammo va yechimlar” mavzusidagi respublika onlayn ilmiy-nazariy konferensiyasida Qo‘qon shahar hokimi Ma’rufjon Usmonov ham ishtirok etdi.

Marufjon Usmonov Qo‘qon shahridan yetishib chiqqan olimlarning mamlakatimiz ilm-fani rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi xususida so‘zlab berdi.

Uchrashuvning badiiy qismida Charxiy va Muqimiy she’rlarini tahlili o‘tkazilib, adabiy musiqiy chiqishlar namoyish etildi.