Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yilning 1 oktyabr holatiga Qo‘qon shahri doimiy aholi soni 255,4 ming kishini tashkil qildi va yil boshidan 2,7 ming kishiga yoki 1,5 foizga ko‘paydi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yilning 1 oktyabr holatiga Qo‘qon shahri doimiy aholi soni 255,4 ming kishini tashkil qildi va yil boshidan 2,7 ming kishiga yoki 1,5 foizgaDastlabki ma’lumotlarga asosan joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida Qo‘qon shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 2 trln 596,8 mlrd.so‘mlik sanoat maxsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik xajm indeksi 101,1% ni tashkil etdi.
Hisobot yilida 939,6 mlrd. so‘mlik iste’mol tovarlari ishlab chiqarilib, 2019 yil yanvar-oktyabriga nisbatan 104,5 foizni tashkil etdi. Jumladan, 444,4 mlrd. so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilib umumiy hajmga nisbatan 47,3 % ni tashkil qilib, 455,8 mlrd. so‘mlik nooziq-ovqat mollari (2019 yil yanvar-sentyabriga nisbatan mos ravishda 105,9 foiz va 101,6 foiz) ishlab chiqarildi va umumiy hajmga nisbatan 48,5 % ni tashkil qildi, shuningdek aroq va sharob mahsulotlari ishlab chiqarish 39,4 mlrd. so‘mni tashkil qilib, umumiy hajmga nisbatan 4,2 % ni tashkil qilganligini kuzatishimiz mumkin. ko‘paydi.
Xizmatlar sohasini rivojlantirish ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda mamlakatda olib borilayotgan bozor islohotlari jamiyatni rivojlantirishning eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini hal qilishda xizmat ko‘rsatish sohasining rolini oshirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Xizmatlarning xilma-xilligi aholining katta qismini hayot sifatini va farovonligini yaxshilash imkonini beradi. Natijada, 2020 yil yanvar-oktyabr oylarida xizmatlar ishlab chiqarish hajmi 1 333,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi. O‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 100,2 % ni tashkil etdi.
Xizmatlar sohasini rivojlantirish ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatda olib borilayotgan bozor islohotlari jamiyatni rivojlantirishning eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini hal qilishda xizmat ko‘rsatish sohasining rolini oshirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Xizmatlarning xilma-xilligi aholining katta qismini hayot sifatini va farovonligini yaxshilash imkonini beradi.
Natijada, 2020 yil yanvar-oktyabr oylarida xizmatlar ishlab chiqarish hajmi 1 188,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi. O‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 100,2 % ni tashkil etdi.
2020 yilning yanvar’-sentyabr’ oylarida asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalarning umumiy hajmi 628,8 mlrd. so‘mni yoki 2019 yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 125,2 foizni tashkil qildi.
2020 yilning yanvar’-sentyabr’ oylarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiya va kreditlar hajmi 270,4 mlrd.so‘m (26,5 mln AQSh dollar) o‘zlashtirildi va Farg‘ona viloyati bo‘yicha ulushi 8,8 foizni tashkil qildi.
Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 1 886,9 mlrd. so‘mni yoki 2019 yilning shu davriga nisbatan 96,2 ni tashkil qildi.
Yirik korxonalarning chakana savdo tovar aylanmasida (umumiy ovqatlanishni qo‘shgan holda) 268,8 mlrd. so‘mni tashkil qiladi va umumiy chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 14,2 ni tashkil qildi.
Kichik korxona va mikrofirmalarning tovar aylanmasi 1 618,1 mlrd. so‘mga yetdi, umumiy chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi esa 85,8 ni tashkil qildi.
Umumiy tovar aylanmasi hajmining 126,3 mlrd. so‘mi yakka tartibdagi tadbirkorlar va jismoniy shaxslarning hisobiga to‘g‘ri keldi. Ushbu sektorning jami chakana savdo tovar aylanmasi hajmidagi ulushi 6,7 ga teng bo‘ldi.
Qo‘qon shahri tashqi savdo aylanmasi 2020 yilning yanvar-oktyabr oylarida 210,9 mln. AQSh dollarni, jumladan eksport 91,3 mln. AQSh dollarni, import 119,6 mln. AQSh dollarni, shuningdek tashqi savdo saldosi -28,3 mln. AQSh dollarni tashkil etdi
O‘rtacha oylik ish haqi. 2020 yil yanvar-sentyabr oylarida Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 2 243,1 ming so‘mni tashkil etdi.
Bunda ish haqiga ustama, mukofot, rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar, kompensasiya va ishlanmagan vaqt uchun haq kabi to‘lovlar kiritilgan, shuningdek uning tarkibida jismoniy shaxslar daromad solig‘i, ijtimoiy sug‘urta va kasaba uyushmasiga to‘lovlar ham mavjud.
2020 yil yanvar-sentyabr oylarida Qo‘qon shahrida o‘rtacha oylik ish haqining o‘sishi 112,8 foizni tashkil etgan (2019 yil yanvar – sentyabr oylarida 1 987,9 ming so‘mni tashkil etgan).
Qo‘qon Statistika bo‘limi boshlig‘i – Diljaxon Mamasodiqov