O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasininig joriy yilning 11 noyabr’ kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan, mamlakatda aholini ro‘yhatga olish muddati 2023 yilgacha uzaytirildi. Hukumatning tegishli qarori bilan 2023 yil 1-25 noyabr’ kunlari o‘tkazilish belgilandi.
Aholini ro‘yhatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “Fotosurati” ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosida keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risida ishonchli axborot manbai hisoblanadi.
Aholini ro‘yhatga olish – davriy oraliqda mamlakat hududidagi va uning kichik aholi punktlaridagi aholini rasmiy hisobga olish bo‘lib, barcha aholining ijtimoiy va demografik tasniflari to‘g‘risidagi ma’lumotlar yig‘ish hisoblanadi. Bu tadbir kishilar to‘g‘riisdagi ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va umulashtirish jarayonlarini, shuningdek, demografik, ijtimoiy ma’lumotlarni baholash, e’lon qilish va tahlil qilishni o‘z ichiga oladi.
Aholini ro‘yhatga olish 3 bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchi bosqich 3 yilgacha bo‘lgan muddatda:
Aholini ro‘yhatga olish tadbirini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish;
Dasturiy ta’minot;
Tashkiliy ishlarni amalga oshirish.
Ikkinchi bosqich 10 kundan 60 kungacha bo‘lgan davr bo‘lib, bevosita aholni ro‘yhatga olish tadbirini o‘tkazish ishlari amalga oshiriladi.
Uchinchi bosqich 2 yildan 3 yilgacha bo‘lgan davr bo‘lib:
Birlamchi materiallar ma’lumotlari jamalanadi;
Elektron bazaga kiritiladi;
Kodlashtirish, nazorat tahrir qilinadi;
Natijalari e’lon qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasida aholini sinov tariqasida ro‘yhatga olish tadbiri 2021 yil 1-25 noyabr’ kunlari Agdijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida amalga oshiriladi.
Qo‘qon shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi: S.Axunova