Sat. Apr 27th, 2024

Fuqaro M.Xamdamovaning 17 dekabr’ kuni “Feysbuk” ijtimoiy tarmog‘ida “Xalq nazorati” sahifasida Majburiy ijro byurosi tomonidan aliment pulini to‘liq undirib berilishini so‘rab qilgan murojaati yuzasidan.

Xabarda, fuqaro M.Xamdamova 2014 yildagi sud qarori asosida undirilishi belgilangan aliment pullari qarzdor I.Po‘latov tomonidan to‘liq berilmayotganligi, shu sababli Byuro organlari tomonidan aliment summasini to‘liq undirilishini so‘ragan.

Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining 16.07.2014 yildagi buyrug‘i bilan qarzdor I.Pulatovdan undiruvchi Xamdamova Muqaddas foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun har oylik jami daromadining 1/4 qism miqdorida aliment undirish belgilangan va 29.07.2014 yilda ijro ishi qo‘zg‘atilgan.

Ijro ishi bo‘yicha tegishli qaror asosida qarzdor I.Pulatovning O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqlari 30.09.2015 yilda cheklangan.

Shuningdek, qarzdor I.Pulatov hozirda Qo‘qon Pedagogika institutida tahsil olayotgan bo‘lib, 21.05.2019 yilda o‘qish joyiga stipendiyasidan aliment pulini ushlash haqida talabnoma yuborilgan va 2019 yil sentyabr’ oyiga qadar aliment pullari to‘liq ushlanib, undiruvchi M.Xamdamovaning yashash manziliga yuborilgan.

01.09.2019 yildan qarzdor I.Pulatovning stipendiyasi institut tomonidan muayyan asoslarga ko‘ra to‘xtatib qo‘yilganligi sababli to‘lanmasdan qolgan 3 oylik aliment puli amaldagi o‘rtacha oylik ish haqi bo‘yicha hisoblanganida 01.12.2019 yilga qadar 1 mln. 308 ming so‘mni tashkil qilgan.

20.12.2019 yilda olib borilgan majburiy ijro harakatlari jarayonida qarzdor I.Pulatovdan 1 mln. 308 ming so‘m aliment puli to‘liq undirilgan va muallifning murojaati qanoatlantirilgan.

Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyat boshqarmasi