Wed. May 15th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Shoshilinch tibbiy yordam markazida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar darajasini o‘rgandi

So‘nggi yillarda markaz eng zamonaviy tibbiy jixozlar va uskunalar bilan ta’minlandi.

Xususan, magnit rezonans tomografiya uskunalari aholiga 24 soat rejimida bepul xizmat ko‘rsatmoqda.

Bemorlar ichki organlariga yetkazilgan shikastlar, o‘sma va surunkali kasalliklar, ichki qon ketishi kabi holatlar 5 daqiqa ichida aniqlanib, to‘g‘ri tashhis qo‘yish va tezkorlik bilan tibbiy chora ko‘rishga imkon bermoqda.

Jonlantirish bo‘limi ham jaxon standartlari andozalari asosida jixozlandi. Marufjon Usmonov mutaxassislar bilan muloqot qilib, mavjud muammo-masalalar bilan qiziqdi.