Tue. May 14th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi 23-maktab o‘quvchilari bilan muloqot qildi.

Marufjon Usmonov matematika to‘garagida qatnashayotgan bolajonlar bilan suhbatda bo‘lib, bilim va ko‘nikmalarini sinab ko‘rdi.

Shahar hokimi odob-ahloq, jamiyatda o‘zini tutish qoidalari, ta’lim-tarbiya masalalarida o‘z fikrini bildirdi.

Interaktiv faol uslubda o‘tkazilgan muloqot chog‘ida bolajonlar mazza qilib yayrab, o‘ynadilar.

Muloqot jonli efirda Qo‘qon shahar hokimligining instagram sahifalarida uzatib borildi va yuzlab hamshaharlarimizning e’tirofiga sabab bo‘ldi.