Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Mon. Dec 9th, 2024

Qo‘qon shahrining markaziy ko‘chalari, savdo markazlari va mahallalarida shahrimizning yetakchi va faol yoshlari fuqarolarni 8 dekabr’ – Konstitutsiya kuni bilan muborakbod etib, Qo‘qon shahar hokimligining bayramona tuhfasi – Bosh qomusimiz kitoblari va O‘zbekiston Davlat bayroqlarini sovg‘a qildilar.

O‘zbek va rus tillaridagi Konstitutsiya kitoblari, millatidan qat’iy nazar, barcha hamshaharlarimizni birdek hushnud etib, bayramona kayfiyat baxsh etdi.

E’tiborli jihati shundaki, ko‘plab fuqarolar xonadonlarida shu kunga qadar Konstitutsiya kitobi bo‘lmaganligini, Asosiy Qonunimiz o‘z huquqlarini yanada yaxshiroq bilish, kundalik turmushlarida o‘z manfaatlarini himoya qilish va majburiyatlarini bajarish uchun qo‘l kelishiga ishonch bildirdilar.

Click to listen highlighted text!